Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Doʻlanada qanday muammolar koʻtarildi?



Aholining adliya organlariga boʻlgan ishonchini, shuningdek, huquqiy madaniyatini yanada oshirish, ularni qiynab kelayotgan muammolarini ijobiy hal etish maqsadida oʻtkazilayotgan “Adliya mahallada” shiori ostidagi qabullar davom etmoqda.

Navbatdagi qabul Buloqboshi tumanining Doʻlana mahallasida oʻtkazildi.
Tadbirda dastlab qonunchilikdagi yangiliklar, ayni kunlarda dolzarb boʻlib turgan masofadan turib “prava” almashtirish jarayonlari haqida qisqacha maʼlumot berldi.

Viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Akmaljon Aʼzimov oʻtkazgan qabulga kelgan fuqarolar adliya idoralariga oʻzlarini qiynab kelayotgan dolzarb muammo va savollari bilan murojaat qilib, ularning yechimi boʻyicha tushuncha va tavsiyalarga ega boʻlishdi.

Shuningdek, ayrim murojaatlarni koʻrib chiqilishi va qonuniy hal qilinishi boʻyicha tegishli tarkibiy tuzilmalarga topshiriq berilib, nazoratga olindi.