Янгиликлар
04
“Elektron advokatlik orderi”ni berish boshlandi
Joriy yilning 1-fevralidan advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan anʼanaviy shakldagi order maqomiga teng boʻlgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Bunda, advokat soʻrovi yuborilgan davlat organi yoki tashkilot, tegishli ishni koʻrib chiqayotgan sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatning muayyan ishga vakolatliligini aniqlash muqobil ravishda QR-kod qoʻyilgan “Elektron advokatlik orderi” orqali ham amalga oshirilishi imkoniyati yaratiladi.
Order muqobillik asosida qogʻoz shaklda rasmiylashtirilganida, uning maʼlumotini “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi.
Advokatlar uchun zarur boʻlgan shu va boshqa qonunchilikdagi yangiliklar haqida bugun Advokatlar palatasi viloyat boʻlimi hamda viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan davra suhbatida maʼlumot berildi.
Tadbir davomida “Yuridik yordam” axborot tizimidan foydalanish boʻyicha koʻnikmalar berildi.