Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini buzgan xodimlar javobgarlikka tortildi



Qonunchilikka binoan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlarining arz qiluvchidan murojaatni qabul qilishni rad etgan yoki davlat xizmatlari koʻrsatish chogʻida murojaatlarni koʻrib chiqish tartibini va muddatlarini buzgan mansabdor shaxslar hamda xizmatchilar javobgarlikka tortiladi.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 17-martagi "Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish c

hora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga asosan adliya organlariga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllash vakolati berilgan.

Shunga asosan Marhamat tuman adliya boʻlimi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi Qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablariga rioya qilish holatlari yuzasidan monitoring oʻtkazildi.

Monitoring davomida tuman davlat soliq inspeksiyasi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash shoʻbasi boshligʻi S.Omonov 10 nafar, tuman tibbiyot birlashmasi ish yurituvchisi N.Karimova esa 7 nafar fuqaroning ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqishda belgilangan muddatlarni buzganligi ayon boʻldi.

Natijada ushbu xodimlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2155-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning har biriga nisbatan BXMning 3 barobari miqdorida jarima jazosi qoʻllanildi.Sardor Hamroyev,

Marhamat tumani adliya
boʻlimi boshligʻi.