Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Ona tilim – ona xalqim gʻururi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.



Andijon viloyat yuridik texnikumida oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi hamda 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Ona tilim – ona xalqim gʻururi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan texnikum direktori oʻrinbosari Zafarbek Qodirov, Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi , “Oltin qalam” xalqaro mukofoti sovrindori Feruzaxon Siddiqovalar oʻzbek tilining yuksalish yoʻli, tarixiy ahamiyati, davlat tili maqomi berilishidagi murakkabliklar, davlat tili sifatidagi nufuzi va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼruzalar qilishdi. Notiqlar har bir Vatan farzandi oʻz ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini yuksaltirishda faol ishtirok etishi zarurligini alohida qayd etishdi. 
Taʼkidlanganidek, oʻzlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar oʻrtasidagi ruhiy-maʼnaviy bogʻliqlik til orqali namoyon boʻladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. 
Tadbirda “Choʻlpon” jamgʻarmasi masʼul xodimi Muhammadyusuf Muhammadrasulov tomonidan sheʼrlar oʻqildi.