Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida targʻibot tadbiri va sayyor qabul tashkil etildi.



Paxtaobod tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan joriy yilning 23-oktabr kuni Shovruq MFY hududida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida targʻibot tadbiri va sayyor qabul tashkil etildi. 

Tadbirda qonunchilikda nogironlarga, ayollarga belgilangan imtiyozlar, aholi bandligi, er-xotin o‘rtasidagi doimiy janjal, xiyonat, kuch ishlatish va migratsiya kabi holatlar ajrimlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan  huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning muammolari tinglanib, huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab qilinadigan murojaatlar boʻlim ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, MFY masʼullari bilan hamkorlikda mahalla hududida uyma-uy yurib, nogironligi bor shaxslarning holidan xabar olinib, muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy yordamlar berildi.