Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Andijon viloyat adliya boshqarmasida Uch avlod uchrashuvi o'tkazildi.


Yurtimizda tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarini oʻtkazish goʻzal anʼanaga aylangan. Mana shunday uchrashuv Andijon viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Adliya tizimi faxriylari va fidoiy xodimlari hamda yuridik texnikum o'quvchilari ishtirokida oʻtkazildi.




Muloqotda yoshi ulugʻ soha faxriylari, yoshlik davridagi qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida koʻrsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida, oʻrta avlod vakillari ustozlaridan olgan oʻgitlari va kasbga boʻlgan muhabbatlari haqida oʻz fikrlarini bildirishdi.

Shuningdek, keksa avlod vakillarining hayotiy tajribalari, ular erishgan yutuqlar, qilgan ishlari haqida yoshlarga soʻzlab, ularning savollariga javob berdilar.






Oʻtkazilgan tadbirlarda yoshlarga xos kuch-gʻayrat, oʻrta va keksa avlod vakillarining boy hayot maktabi birlashdi. Shu asnoda xulosalar qilinib, ishtirokchilar oʻzlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi qimmatli mulohazalari bilan oʻrtoqlashishdi.