Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i

Bozarov Otabek Shavkatjonovich

Телефон:
(0-374)225-20-03

juma kuni soat 10.00 dan soat 12.00 gacha

Bozarov Otabek Shavkatjonovich – 1981-yil 13-iyunda Namangan viloyati, Pop tumanida tugʼilgan, millati oʼzbek, maʼlumoti oliy, 2003-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.


Mehnat faoliyatini 2003-yilda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.  2005-2009-yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Xorijiy nvestitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi, 2009-2012-yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Kadrlar bo‘yicha bosh maslahatchisi, 2012-2014-yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Xorijiy investitsiyalar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy himoya qilish bo‘limi boshlig‘i, 2014-2018-yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasining Notariat, advokatura va FHDY organlari bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019-yillarda Namangan shahar adliya bo‘limi boshlig‘i, 2019-2020-yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 2020-2021-yillarda Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2021-2022-yillarda Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Adliya vazirining buyrugʼiga asosan, O.Bozarov 2022 yil 29-aprel kunidan Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshligʼi lavozimida ishlab kelmoqda.

Должностные обязанности

Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari

Karimov Muhammadbobur Otajonovich

Телефон:
(0-374)223-20-03

dushanba, chorshanba 10.00dan 15.00gacha

Karimov Muxammadbobur Otajonovich - 1983 yil 26 sentyabrda Аndijon viloyat Marhamat tumanida tugʼilgan, millati oʼzbek, maʼlumoti oliy, 2004 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2005 yil fevral-sentabr oylarda Marhamat tumani “Koʼrkam Togʼ” nomli fermer xoʼjaligining huquqshunosi lavozimidan boshlagan. 2005-2008 yillarda Аndijon viloyat adliya boshqarmasi Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boʼlimining yetakchi maslahatchisi, 2008-2012 yillarda Аndijon viloyat adliya boshqarmasi kadrlar boʼlimining boshligʼi, bosh maslahatchisi, 2012-2013 yillarda Аdijon viloyat Xoʼjaobod tuman FHDYo boʼlimi mudiri vazifasini bajaruvchisi, 2013-2014-yillarda Аndijon viloyat adliya boshqarmasining Shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish boʼlimi yetakchi maslahatchisi, 2014-2016 yillarda Аndijon viloyat adliya boshqarmasining Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boʼlimi boshligʼi, 2016-2017 yillarda Аndijon viloyat adliya boshqarmasining Yuridik shaxslarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish boʼlimi boshligʼi, 2017-2017 (fevral-dekabr) yillarda Аndijon viloyat adliya boshqarmasining Davlat xizmatlari koʼrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʼlimi boshligʼi, 2017-2018 yillarda Davlat xizmatlari agentligi Аndijon viloyat boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Аdliya vazirining buyrugʼiga asosan, M.Karimov 2021 yil 20 avgustdan Аndijon viloyat adliya boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

 

Должностные обязанности

Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari

Mashrapov Kamoldin Zaynobidinovich

Телефон:
(0-374) 223-20-03

seshanba, payshanba 10.00dan 15.00gacha

Mashrapov Kamoldin Zaynobidinovich - 1976 yilda 26 oktyabrda Аndijon viloyati, Jalaquduq tumanida tugʼilgan, millati oʼzbek, maʼlumoti oliy, 2007 yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yilda Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqi Аsaka tuman qoʼmitasi hisobchisi lavozimidan boshlagan. 1996-1997 yillarda Oʼzbekiston yoshlarining “Kamolot” jamgʼarmasi Аsaka tuman boʼlimida hisobchi, oʼquvchi va talaba yoshlar bilan ishlash boʼlimi mudiri, 1998-2000 yillarda Аndijon shahar sudining sud majlisi kotibi, 2003-2007 yillarda Namangan davlat universiteti talabasi, 2008-2010 yillarda jinoyat ishlari boʼyicha Аndijon shahar sudining sud majlisi kotibi, 2010-2011 yillarda Аsaka tuman 1-son davlat notarial idorasining stajyor-notariusi, 2011-2012 yillarda Аsaka tuman 2-son FHDYo boʼlimining 2-toifali inspektori, 2012-2013 yillarda Аndijon shahar “Najot” advokatlik firmasi advokat-stajyori, 2013-2016 yillarda Аsaka tuman 1-son davlat notarial idorasining notarius yordamchisi, 2016-2018 yillarda Аsaka tuman 5-son davlat notarial idorasining notarius yordamchisi, 2018-2019 yillarda Аndijon viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish boʼlimi bosh maslahatchisi, 2019-2020 yillarda Аndijon viloyat adliya boshqarmasining Kadrlar boʼyicha bosh maslahatchisi, 2020-2021 yillarda Аndijon viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy xizmat koʼrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boʼlimi boshligʼi lavozimlarida ishlagan.

Аdliya vazirining buyrugʼiga asosan, K.Mashrapov 2021 yil 18 iyundan Аndijon viloyati adliya boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Должностные обязанности