Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.11.2021

D I Q Q A T E ʼ L O N

Andijon viloyati adliya boshqarmasi quyidagi lavozimlarga ishga taklif etadi:

Andijon viloyati adliya boshqarmasi huzurida yangi tashkil etilgan

Yuridik xizmat koʻrsatish markazlaridagi boʻsh (vakant) lavozimlar:

T/r

Markaz nomi

Markaz boshligʻi

Bosh

yuriskonsulti

Jami

1

Andijon tuman

2

2

2

Buloqboshi tuman

1

1

3

Ulugʻnor tuman

1

1

4

Xonobod shahar

1

1

5

Shahrixon tumani

3

3

6

Qoʻrgʻontepa tumani

3

3

Faoliyat yoʻnalishi:

·         yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;

·         davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish;

·         davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

·         davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;

·         davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlash.

Rasmiy talablar:

·         yurisprudensiya mutaxassisligi oliy maʼlumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʻlish;

·         mutaxassislik boʻyicha kamida 2 yil ish staji (markaz boshligʻi lavozimi uchun), muqaddam bevosita faoliyat yoʻnalishida ishlaganlar afzallikka ega boʻladi;

·         davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·         barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·         ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·         oylik ish haqi lavozimga qarab qoʻshimcha toʻlovlari bilan birga oʻrtacha 4-5 mln. soʻm

·         xorijda malaka oshirish va stajirovka oʻtash imkoniyati;

·         qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy taʼminot paket.

·         idoraviy tibbiy xizmat va sogʻlomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

Murojaat muddati va manzil:

·         nomzodlar 2021 yil 20 noyabrga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/  saytidan roʻyxatdan oʻtgan holda quyidagi hujjatlarni  tizim orqali biriktirishlari soʻraladi.

·         shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma-obyektivka),

·         diplom (diplomdan koʻchirma)ning nusxasi, chet elda oʻqigan boʻlsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

·         3x4 sm oʻlchamdagi rangli fotosurati;

·         fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

·         nomzod boʻsh (vakant) lavozimlarga tanlov oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning oʻzida boshqa eʼlonda koʻrsatilgan lavozim boʻyicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Maʼlumot uchun telefon 74-223-48-93, 94-108-89-88).

·         Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida oʻtkaziladi (manzil: Andijon shahri, Sh.Rashidov koʻchasi, 60-uy).

·         Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·         Ishga qabul qilish tartibi bilan https://andijon.adliya.uz/uz/ob-upravlenii/vacancy/jobs.php?ELEMENT_ID=43869 havolasi orqali, savollar roʻyxati bilan esa https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=102337  havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

·         Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin. 


Рўйҳатга қайтиш