Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
20.05.2022

Andijon viloyat adliya boshqarmasidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

  1. Asaka tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.
  2. Jalaquduq tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.
  3. Marhamat tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.
  4. Oltinko‘l tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.
  5. Paxtaobod tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.
  6. Xo‘jaobod tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi 1 ta shtat.
  7. Xononbod shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi 1 ta shtat.

 

Faoliyat yo‘nalishi:

·         qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika - viloyat - tuman - mahalla” prinsipi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;

·         hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;

·         davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;

·         tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

·         huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

·         fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini ta’minlash;

·         inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;

·         davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik ta’minlash;

·         davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDYo organlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni amalga oshirish;

           

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·         ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·         munosib ish haqi (martaba daraja-unvon, ish staji, oylik shaxsiy ustama va boshqalar);

·         xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati;

·         qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket;

·        idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Qo‘shimcha afzalliklar:

·         zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

·         davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

 

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

 

  • faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilikni bilishi;
  • axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish;
  • davlat dasturi va boshqa tadbirlar rejasini amalga oshirish;
  • rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
  • jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
  • sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni ijro qilish;
  • kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;
  • huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi.

Rasmiy talablar:

  • oliy yuridik ma’lumot;
  • davlat tilini mukammal bilish, chet tillarini bilishi ijobiy qabul qilinadi;
  • shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

 

Murojaat muddati va manzil:

· nomzodlar 2022-yil 5-iyunga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

· shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),

· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon 74-225-20-03, 94-108-89-88).

· Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Navoiy shoh ko'chasi 86-A uy., Mo'ljal: Prezident maktabini oldida).

· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·                    Ishga qabul qilish tartibi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=99233 havolasi orqali, savollar ro‘yxati bilan esa https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=103256 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш