Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
23.06.2022

Andijon viloyat adliya boshqarmasidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

  1. Buloqboshi tuman adliya bo‘limi, FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori 1 ta shtat.
  2. Xonobod shahar adliya bo‘limi, FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori 1 ta shtat.
  3. Shahrixon tuman adliya bo‘limi, FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori 1 ta shtat.
  4. Baliqchi tuman adliya bo‘limi, FHDY bo‘limi ish yurituvchisi 1 ta shtat.

 

Faoliyat yo‘nalishi:

· jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

· fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish;

· fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;

· fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini ta’minlash;

· fuqarolarga (o‘zlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar berish.

           

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·         ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·         munosib ish haqi (martaba daraja-unvon, ish staji, oylik shaxsiy ustama va boshqalar);

·         xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati;

·         qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket;

·        idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Qo‘shimcha afzalliklar:

·         zamonaviy fikrlaydigan va ahil jamoa;

·         davlat xizmatlarida yuqori lavozimlarga ko‘tarilish imkoniyati.

 

Lavozimga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablar

 

  • faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilikni bilishi;
  • axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish;
  • davlat dasturi va boshqa tadbirlar rejasini amalga oshirish;
  • rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
  • jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
  • sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni ijro qilish;
  • kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;
  • huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshiradi.

1-toifali inspector lavozimi uchun rasmiy talablar:

  • huquqshunoslik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  • davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
  • shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

1-toifali inspector lavozimi uchun rasmiy talablar:

  • huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus maʼlumotga ega bo‘lish;
  • davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
  • shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Ish yurituvchi lavozimi uchun rasmiy talablar:

· huquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Murojaat muddati va manzil:

· nomzodlar 2022-yil 9-iyulga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

· shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),

· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon 74-225-20-03, 94-108-89-88).

· Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Navoiy shoh ko'chasi 86-A uy., Mo'ljal: Prezident maktabini oldida).

· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·                    Ishga qabul qilish tartibi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=99233 havolasi orqali, savollar ro‘yxati bilan esa https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/vac_questions/?ELEMENT_ID=103746 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

 


Рўйҳатга қайтиш