Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
23.06.2022

D I Q Q A T E ‘ L O N

Andijon viloyati adliya boshqarmasi quyidagi lavozimlarga ishga taklif etadi:

Davlat xizmatlari markazlaridagi bo‘sh (vakant) lavozimlar:

T/r

Hudud nomi

Lavozim nomi

Shtat

1

Andijon shahar

Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o'tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko'rsatish sho'basi katta mutaxassisi

1

2

Andijon shahar

Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o'tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko'rsatish sho'basi katta mutaxassisi

2

3

Andijon shahar

Davlat xizmatlari markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sho'basi hisoblash texnikasi operatori

1

4

Andijon shahar

Davlat xizmatlari markazi,Telefon xizmati ko'rsatish va servis sho'basi Servis-menejeri

1

5

Asaka tuman

Davlat xizmatlari markazi,Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho'basi katta mutaxassisi

1

6

Asaka tuman

Davlat xizmatlari markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sho'basi hisoblash texnikasi operatori

1

7

Oltinko‘l tuman

Davlat xizmatlari markazi,Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho'basi katta mutaxassisi

1

8

Qo‘rg‘ontepa tumani

Davlat xizmatlari markazi,Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho'basi katta mutaxassisi

1

9

Qo‘rg‘ontepa tumani

Davlat xizmatlari markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sho’basi hisoblash texnikasi operatori

1

10

Qo‘rg‘ontepa tumani

Davlat xizmatlari markazi,Telefon xizmati koʼrsatish va servis shoʼbasi aloqa operatori

1

11

Shahrixon tumani

Davlat xizmatlari markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sho’basi hisoblash texnikasi operatori

1

12

Shahrixon tumani

Davlat xizmatlari markazi,Telefon xizmati koʼrsatish va servis shoʼbasi aloqa operatori

1

 

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi (sho‘basi) va Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi (sho‘basi) yetakchi, katta mutaxassisi va servis-menejeri lavomimlari bo‘yicha

Faoliyat yo‘nalishi:

yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;

• tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash;

• davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;

• tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;

• ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini ta’minlash;

• Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;

• arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.

 

Rasmiy talablar:

 

· huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Davlat xizmatlari markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sho’basi hisoblash texnikasi operatori lavozimlari bo‘yicha

Faoliyat yo‘nalishi:

· banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda markaz xodimlariga ko‘maklashish;

· ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash;

· arizalarning vakolatli organlarga ular bo‘yicha qaror qabul qilish
va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlash;

· serverlar va ishchi stansiyalarga tarmoqlararo dasturiy ta’minotini o‘rnatish va serverdagi tizimni konfiguratsiyalash;

· fayl-serverlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi serverlari
va kompyuterlardagi (ishchi stansiya) dasturiy ta’minotni integratsiyalash (o‘zaro bog‘lash)ni ta’minlash;

· serverlar va ishchi stansiyalar dasturiy ta’minotining yaroqligini ta’minlash;

· foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikator va parollarni berish.

 

Rasmiy talablar:

 

· axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Davlat xizmatlari markazi Telefon xizmati koʼrsatish va servis shoʼbasi aloqa operatori lavozimlari bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

· “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;

· tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlashda ko‘maklashish;

· davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;

· tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;

· tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga to‘liq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bog‘lanishni ta’minlash;

· telefon tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Rasmiy talablar:

 

· oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

· oylik ish haqi lavozimga qarab;

· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket.

· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Murojaat muddati va manzil:

· nomzodlar 2022-yil 9-iyulga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

· shaxsiy varaqasi (Nizomning 29-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),

· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon 74-225-20-03, 94-108-89-88).

· Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Navoiy shoh ko'chasi 86-A uy., Mo'ljal: Prezident maktabini oldida).

· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·                    Ishga qabul qilish tartibi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=99233 havolasi orqali, savollar ro‘yxati bilan esa https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/vac_questions/?ELEMENT_ID=103746 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

 


Рўйҳатга қайтиш