Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
05.06.2023

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON

 

T/R

Hudud nomi

Lavozim nomi

Shtat birligi

1

Andijon shahar

Boshqarma huzuridagi idoraviy notarial arxiv mudiri

1

2

Baliqchi tuman

Baliqchi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

1

3

Asaka tuman

Asaka tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i

1

4

Paxtaobod tuman

FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori

1

 

Adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

·         qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika - viloyat - tuman - mahalla” prinsipi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;

·         hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;

·         davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;

·         tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

·         huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

·         fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini ta’minlash;

·         inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;

·         davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik ta’minlash;

·         davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDYo organlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni amalga oshirish;

Lavozimi uchun rasmiy talab:

·         yurisprudentsiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lish;

·         mutaxassislik bo‘yicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yil ishlagan, mehnat unumdorligi va samaradorligi yuqori bo'lgan xodim;

·         davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

·         kasbiy faoliyat maqsadlarida kompyuter tarmoqlari, internet tarmoqlaridan mustaqil foydalana olish;

·         masuliyatni his qilish, qat'iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorli;

·         xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilish.

 

Boshqarma huzuridagi notarial arxiv mudiri lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

·         notarial arxivda arxiv ishini tashkil etadi va boshqaradi;

·         davlat notarial idoralarining arxiv hujjatlarini qabul qiladi, ro‘yxatga oladi, saqlaydi va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;

·         davlat notarial idoralari tomonidan notarial arxivga hujjatlar tayyorlash va topshirish tartibini belgilab beradi hamda hujjatlarning o‘z vaqtida arxivga topshirilishini nazorat qiladi;

·         Davlat arxiviga hujjatlarni ilmiy va amaliy qiymatini ekspertizadan o‘tkazish va doimiy saqlash uchun taqdim etadi;

·         boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga ko‘ra, yig‘ilish va anjumanlarda qatnashadi;

·         O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010 yil 12 dekabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar shtat birliklari soni va yuridik va jismoniy shaxslarga ma’lumotnomalar va arxiv hujjatlari nusxalari, shuningdek, notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reestrlardan ko‘chirmalar berilganligi uchun ular tomonidan undiriladigan haq miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

·         20-sonli buyrug‘ida belgilangan tartibda arxivlar tomonidan undiriladigan haq miqdorlari undirilishini ta’minlaydi;

·         arxiv ma’lumotnomalarini berganlik uchun undiriladigan haq miqdorlari asosida hisobotlar tuzilishi va adliya boshqarmasiga vaqtida topshirilishini ta’minlaydi ;

·         notarial arxivda ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlaydi hamda belgilangan tartibda o‘z notarial arxivini yuritishi shart;

·         arxiv ma’lumotnomalarini berganlik uchun undiriladigan to‘lovlar belgilangan tartibda faqat tegishli bank muassasalari orqali amalga oshirishini ta’minlaydi;

·         notarial arxiv xodimlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining kasb etikasi Qoidalari”da belgilangan kasbiy burchlari va adliya organlari xodimlariga qo‘yiladigan talablarga, shuningdek, “Ichki mehnat tartibi qoidalari”ga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi;

·         notarial arxivga tegishli bo‘lgan mebel va kompyuter texnik jihozlari yaroqliligi borasida shaxsan javobgar hisoblanadi;

·         xavfsizlik va texnik qoidalarini nazorat qilib favqulodda holatlar sodir etilishi oldini olish choralarini ko‘radi. Binoda xodimlarni evakuatsiya qilish sxemasini tuzib, favqulotda holatlar bo‘yicha mas’ul shaxs hisoblanadi;

·         notarial arxiv xodimlarining ishda bo‘lmagan vaqtlarida uning sabablarini ko‘rsatgan holda boshqarma rahbariyatiga bildirishnoma kiritadi;

·         notarial arxiv xodimlarini xizmat zarurati tufayli yoki ish yurituvida bo‘lgan hujjatlar yuzasidan sud-tergov organlariga chaqirtirilgan bo‘lsa, bir kunlik muddatda boshqarma rahbariyatiga axborot beradi;

·         Adliya boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Lavozim uchun rasmiy talab:

·         oliy yuridik ma'limotga ega bo'lish;

·         notariat sohasida ikki yillik ish tajribasiga ega bo'lish;

·         davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

·         kasbiy faoliyat maqsadlarida kompyuter tarmoqlari, internet tarmoqlaridan mustaqil foydalana olish;

·         masuliyatni his qilish, qat'iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorli;

·         xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilish.

 

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

·         yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;

·         davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;

·         davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

·         davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

·         davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.

·         Faoliyat sohasi asosida quyidagi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur:

·         - faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;

·         axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

·         aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

·         huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

·         jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;

·         sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

·         qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;

·         huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

·         rasmiy hujjatlarni tayyorlash;

·         kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.

Lavozim uchun rasmiy talab:

·         yurisprudentsiya mutaxassisligi oliy maʼlumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʼyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʼlish;

·         mutaxassislik boʼyicha kamida 2 yil ish staji (markaz boshligʼi lavozimi uchun), muqaddam bevosita faoliyat yoʼnalishida ishlaganlar afzallikga ega boʼladi;

·         davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

 

FHDY bo‘limi inspektori lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

·         jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

·         fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish;

·         fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;

·         fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini ta’minlash;

·         fuqarolarga (o‘zlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar berish.

Lavozimi uchun rasmiy talab:

  • huquqshunoslik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  • davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
  • shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·         barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·         ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·         oylik ish haqi lavozimga qarab;

·         qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;

·         idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Murojaat muddati va manzil:

·      nomzodlar 2023-yil 31-may kuni soat 23.59 ga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

·      shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),

·      diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

·      3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

·      fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

·      nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

Ma’lumot uchun telefon 74-223-50-51 (ichki raqam 5508, 5516), 99-493-50-11).

·      Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Sh.Rashidov ko'chasi 60-A uy., Mo'ljal: Asakabank to‘g‘risida).

·      Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·      Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,

·      savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish- havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

·      Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш