Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
06.11.2023

DIQQAT E'LON

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tuman(shahar) adliya bo‘limlari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha

E’LON

 

T/R

Hudud nomi

Lavozim nomi

Shtat birligi

1

Andijon shahar

Adliya bo‘limi boshlig‘i

1

2

Shahrixon tuman

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i

1

3

Qo‘rg‘ontepa tuman

Davlat xizmatlari markazi Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sho’basi bosh mutaxassisi

1

4

Andijon shahar

Davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish sho’basi katta mutaxassisi

1

5

Marhamat tuman

FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori

1

 

Adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

·         qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika - viloyat - tuman - mahalla” prinsipi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish;

·         hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;

·         davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish;

·         tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining normativ-huquqiy tusdagi qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;

·         huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

·         fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini ta’minlash;

·         inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;

·         davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik ta’minlash;

·         davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDYo organlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni amalga oshirish;

Lavozimi uchun rasmiy talab:

·         yurisprudentsiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega bo‘lish;

·         mutaxassislik bo‘yicha adliya organlari va muassasalarida kamida 3 yil ishlagan, mehnat unumdorligi va samaradorligi yuqori bo'lgan xodim;

·         davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

·         kasbiy faoliyat maqsadlarida kompyuter tarmoqlari, internet tarmoqlaridan mustaqil foydalana olish;

·         masuliyatni his qilish, qat'iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorli.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

·         yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;

·         davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;

·         davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

·         davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

·         davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.

·         Faoliyat sohasi asosida quyidagi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur:

·         - faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha qonunchilik va huquq amaliyotini yuqori saviyada bilish;

·         axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

·         aniq tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;

·         huquqiy va rasmiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

·         jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;

·         sohani va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

·         qaror qabul qilish va kommunikabillik qobiliyatiga ega bo‘lish;

·         huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;

·         rasmiy hujjatlarni tayyorlash;

·         kompyuter va boshqa orgtexnika, zarur dasturiy ta’minotlardan foydalana olish.

Lavozim uchun rasmiy talab:

·         yurisprudentsiya mutaxassisligi oliy maʼlumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʼyicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega boʼlish;

·         mutaxassislik boʼyicha kamida 2 yil ish staji (markaz boshligʼi lavozimi uchun), muqaddam bevosita faoliyat yoʼnalishida ishlaganlar afzallikga ega boʼladi;

·         davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi (sho‘basi) va Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi (sho‘basi) bosh, yetakchi, katta mutaxassisi va servis-menejeri lavomimlari bo‘yicha

Faoliyat yo‘nalishi:

·         yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;

·         tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash;

·         davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;

·         tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;

·         ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini ta’minlash;

·         Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;

·         arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.

 Lavozimi uchun rasmiy talab:

·         huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lish;

·         davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·         shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

·         jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

·         fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish;

·         fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;

·         fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini ta’minlash;

·         fuqarolarga (o‘zlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar berish.

Lavozimi uchun rasmiy talab:

  • huquqshunoslik bo‘yicha oliy yoki o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish yoxud 1 va 2-toifali inspektor lavozimida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplom ega bo‘lish;
  • davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·         shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik

 

Murojaat muddati va manzil:

· nomzodlar 2023-yil 15-noyabr kuni soat 23:59 ga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

· shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),

· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon 74-223-50-51 (ichki raqam 5508, 5516), 94-683-51-23).

· Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Sh.Rashidov ko'chasi 60-A uy., Mo'ljal: Asakabank to‘g‘risida).

· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·         Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,

·         savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish- havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.


Рўйҳатга қайтиш