Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
04.03.2024

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar bo‘yicha E’LON


Boshqarma huzuridagi notarial arxiv mudiri lavozimi bo‘yicha:

Faoliyat yo‘nalishi:

·         notarial arxivda arxiv ishini tashkil etadi va boshqaradi;

·         davlat notarial idoralarining arxiv hujjatlarini qabul qiladi, ro‘yxatga oladi, saqlaydi va ulardan foydalanishni ta’minlaydi;

·         davlat notarial idoralari tomonidan notarial arxivga hujjatlar tayyorlash va topshirish tartibini belgilab beradi hamda hujjatlarning o‘z vaqtida arxivga topshirilishini nazorat qiladi;

·         Davlat arxiviga hujjatlarni ilmiy va amaliy qiymatini ekspertizadan o‘tkazish va doimiy saqlash uchun taqdim etadi;

·         boshqarma boshlig‘i topshirig‘iga ko‘ra, yig‘ilish va anjumanlarda qatnashadi;

·         O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2010 yil 12 dekabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar shtat birliklari soni va yuridik va jismoniy shaxslarga ma’lumotnomalar va arxiv hujjatlari nusxalari, shuningdek, notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reestrlardan ko‘chirmalar berilganligi uchun ular tomonidan undiriladigan haq miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

·         20-sonli buyrug‘ida belgilangan tartibda arxivlar tomonidan undiriladigan haq miqdorlari undirilishini ta’minlaydi;

·         arxiv ma’lumotnomalarini berganlik uchun undiriladigan haq miqdorlari asosida hisobotlar tuzilishi va adliya boshqarmasiga vaqtida topshirilishini ta’minlaydi ;

·         notarial arxivda ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini ta’minlaydi hamda belgilangan tartibda o‘z notarial arxivini yuritishi shart;

·         arxiv ma’lumotnomalarini berganlik uchun undiriladigan to‘lovlar belgilangan tartibda faqat tegishli bank muassasalari orqali amalga oshirishini ta’minlaydi;

·         notarial arxiv xodimlari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining kasb etikasi Qoidalari”da belgilangan kasbiy burchlari va adliya organlari xodimlariga qo‘yiladigan talablarga, shuningdek, “Ichki mehnat tartibi qoidalari”ga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi;

·         notarial arxivga tegishli bo‘lgan mebel va kompyuter texnik jihozlari yaroqliligi borasida shaxsan javobgar hisoblanadi;

·         xavfsizlik va texnik qoidalarini nazorat qilib favqulodda holatlar sodir etilishi oldini olish choralarini ko‘radi. Binoda xodimlarni evakuatsiya qilish sxemasini tuzib, favqulotda holatlar bo‘yicha mas’ul shaxs hisoblanadi;

·         notarial arxiv xodimlarining ishda bo‘lmagan vaqtlarida uning sabablarini ko‘rsatgan holda boshqarma rahbariyatiga bildirishnoma kiritadi;

·         notarial arxiv xodimlarini xizmat zarurati tufayli yoki ish yurituvida bo‘lgan hujjatlar yuzasidan sud-tergov organlariga chaqirtirilgan bo‘lsa, bir kunlik muddatda boshqarma rahbariyatiga axborot beradi;

·         Adliya boshqarmasi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

Lavozim uchun rasmiy talab:

·         oliy yuridik ma'limotga ega bo'lish;

·         mutaxassislik bo‘yicha  3 yillik ish tajribasiga ega bo'lish;

·         davlat tilini mukammal bilish va unda ish yuritish;

·         kasbiy faoliyat maqsadlarida kompyuter tarmoqlari, internet tarmoqlaridan mustaqil foydalana olish;

·         masuliyatni his qilish, qat'iyatlilik, tashkilotchilik va shaxsiy tashabbuskorli;

xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilish.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi (sho‘basi) va Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi (sho‘basi) mudiri lavozimlari bo‘yicha

Faoliyat yo‘nalishi:

·         yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;

·         tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash;

·         davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;

·         tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;

·         ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini ta’minlash;

·         Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;

·         arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.

 Lavozimi uchun rasmiy talab:

·         yurisprudentsiya, moliya-iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;

·         mutaxassisligi bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lish;

·         davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·         shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi (sho‘basi) va Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi (sho‘basi) bosh, yetakchi, katta mutaxassisi va servis-menejeri, aloqa operatori lavozimlari bo‘yicha

Faoliyat yo‘nalishi:

·         yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;

·         tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash;

·         davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;

·         tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;

·         ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini ta’minlash;

·         Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;

·         arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.

 Lavozimi uchun rasmiy talab:

·         yurisprudentsiya, moliya-iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;

·         davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

·         shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

Davlat xizmatlari markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sho’basi hisoblash texnikasi operatori lavozimlari bo‘yicha

Faoliyat yo‘nalishi:

·         banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda markaz xodimlariga ko‘maklashish;

·         ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash;

·         arizalarning vakolatli organlarga ular bo‘yicha qaror qabul qilish
va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlash;

·         serverlar va ishchi stansiyalarga tarmoqlararo dasturiy ta’minotini o‘rnatish va serverdagi tizimni konfiguratsiyalash;

·         fayl-serverlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi serverlari
va kompyuterlardagi (ishchi stansiya) dasturiy ta’minotni integratsiyalash (o‘zaro bog‘lash)ni ta’minlash;

·         serverlar va ishchi stansiyalar dasturiy ta’minotining yaroqligini ta’minlash;

·         foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikator va parollarni berish.

 Lavozimi uchun rasmiy talab:

·         axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;

·         davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.

 

FHDY organlari arxivariuslari

Faoliyat yo'nalishi:

·          FHDY organlarida saqlanayotgan dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirish, maʻlumotlarni “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritish hamda fuqarolarning jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikasiya raqami (JShShIR)ni kiritish ishlarini amalga oshirish;

·         Arxiv fondining saqlanishi, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish daftarlari va boshqa hujjatlarning qonun talablari asosida saqlanishini taʻminlash;

·         Arxivga kelib tushayotgan hujjatlar saqlanishini tashkil etish;

·         Ish yuritish boʻyicha tugallangan hujjatlarni qabul qilish;

·         Saqlash birliklarini tegishli qoidalarga asoslanib shifrlash, tizimlashtirish, delolarni joylashtirish hisobini kuzatish;

·         Doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarga fond tartib raqamini berish, davlat arxiviga topshirish dalolatnomalarini tuzish, ro'yxatdan chiqarish, yo'q qilish kabi ishlarni bajarish;

·         Arxiv hujjatlarini ilmiy-amaliy qimmatini belgilashda qatnashish;

·         Arxiv xonasining qonun-qoidalarga asoslab saqlanishini kuzatish, yong'inga qarshi choralarni ko'rish, arxiv hujjatlariga asoslanib ko'chirmalar, nusxalar, maʻlumotnomalarni berish, so'rovnomalarga javob berish.

·         Arxiv ishi haqidagi hisobotni tuzish uchun maʻlumot tayyorlash.

Lavozimga oid rasmiy talablar:

·         oliy yoki o'rta-maxsus yuridik maʻlumotga ega bo'lish;

·         muddatli mehnat shartnoma asosida ishga qabul qilinadi.

·         davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);

  • shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, vazminlik, vijdonlilik.

Mehnat sharoiti va ish haqi:

·         barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

·         ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

·         oylik ish haqi lavozimga qarab;

·         qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;

·         idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Murojaat muddati va manzil:

·   nomzodlar 2024-yil 10-mar kuni soat 23:59 ga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni  tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

·   shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),

·   diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

·   3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

·   fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

·   nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon 55-202-10-08 (ichki raqam 5508, 5516), 94-683-51-23).

·   Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Sh.Rashidov ko'chasi 60-A uy., Mo'ljal: Asakabank to‘g‘risida).

·   Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

·         Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,

·         savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish-  havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

·   Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.

 




Рўйҳатга қайтиш