Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti lavozimi bo‘yicha:
Faoliyat yo‘nalishi:
Faoliyat yo‘nalishi:
· yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;
· davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;
· davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
· davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;
· davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· yurisprudentsiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;
· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimi bo‘yicha:
Faoliyat yo‘nalishi:
• “yagona darcha” tamoyili boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatishni taʼminlash;
• tadbirkorlik subʼektlari tomonidan roʼyxatdan oʼtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʼtishda shaffoflikni taʼminlash;
• davlat organlari va davlat xizmatlari koʼrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʼzaro hamkorlik oʼrnatish, tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlari koʼrsatishda byurokratik toʼsiqlarga yoʼl qoʼymaslik;
• tadbirkorlik subʼektlariga axborot yordami koʼrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʼrsatish tartibi va muddatlari toʼgʼrisida bepul konsultatsiyalar berish;
• ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini taʼminlash;
• Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;
• arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan hamda belgilangan namunadagi diplomni olgan;
· adliya organlari va muassasalarida davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha kamida 2 yil faoliyat yuritgan shaxslar (adliya organlari va muassasalarida boshqaruv lavozimlarda ishlayotgan xodimlar bundan mustasno)mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yil ishlik ish stajiga ega bo‘lish;
· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘limi (sho‘basi) va Hujjatlarni qabul qilish va taqdim etish bo‘limi (sho‘basi) bosh, katta mutaxassisi lavozimlari bo‘yicha
Faoliyat yo‘nalishi:
· yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;
· tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlash;
· davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;
· tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;
· ish haftasi davomida belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi axborot–kommunikatsiya tizimi, shuningdek, kompyuter qurilmalarining tanaffuzsiz ishlashini ta’minlash;
· Davlat xizmatlari markazi xodimlarini davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni olish uchun davlat organlarining rasmiy saytlaridagi zarur axborotlar bilan tanishtirish;
· arizachilar tomonidan navbatni kutishlari uchun navbatni boshqarish elektron tizimining uzluksiz ishlashini tashkil qilish.
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· yurisprudentsiya, moliya-iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;
· davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi lavozimga qarab;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;
· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Murojaat muddati va manzil:
· nomzodlar 2024-yil 27-dekabr kuniga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.
· shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),
· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;
· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;
· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;
· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Ma’lumot uchun telefon 55-202-10-8 (ichki raqam 5508, 5516), 94-683-51-23).
· Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Sh.Rashidov ko'chasi 60-A uy., Mo'ljal: Asakabank to‘g‘risida).
· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
· Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,
· savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish- havolasi orqali tanishishingiz mumkin.
· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.