FHDY bo‘limi 2-toifali inspektori lavozimi bo‘yicha:
Faoliyat yo‘nalishi:
· jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
· fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish;
· fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritish;
· fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini ta’minlash;
· fuqarolarga (o‘zlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari bo‘yicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va ma’lumotnomalar berish.
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik
FHDY bo‘limi ish yurituvchisi lavozimi bo‘yicha:

Ish yurituvchi lavozimi uchun rasmiy talablar:
Davlat xizmatlari markazi aloqa operatori lavozimi bo‘yicha:
Faoliyat yo‘nalishi:
· “Yagona darcha” tamoyili boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatishni taʼminlash;
· tadbirkorlik subʼektlari tomonidan roʼyxatdan oʼtkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan oʼtishda shaffoflikni taʼminlashda koʼmaklashish;
· davlat organlari va davlat xizmatlari koʼrsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam oʼzaro hamkorlik oʼrnatish, tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlari koʼrsatishda byurokratik toʼsiqlarga yoʼl qoʼymaslik;
· tadbirkorlik subʼektlariga axborot yordami koʼrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʼrsatish tartibi va muddatlari toʼgʼrisida bepul konsultatsiyalar berish;
· tadbirkorlik subʼektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga toʼliq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bogʼlanishni taʼminlash;
· telefon tarmogʼining uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik
Davlat xizmatlari markazi hisoblash texnikasi operatori lavozimi bo‘yicha:
Faoliyat yo‘nalishi:
Lavozimi uchun rasmiy talab:
· shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik
Mehnat sharoiti va ish haqi:
· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
· oylik ish haqi lavozimga qarab;
· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paketi;
· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Murojaat muddati va manzil:
· nomzodlar 2025-yil 28-fevral kuniga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.
· shaxsiy varaqasi (Nizomning 14-ilovasiga muvofiq ma’lumotnoma-ob’ektivka),
· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;
· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;
· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;
· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.
Ma’lumot uchun telefon 55-202-10-08 (ichki raqam 5508, 5516).
· Tanlov Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida o‘tkaziladi (Manzil: Andijon shahar Sh.Rashidov ko'chasi 60-A uy., Mo'ljal: Asakabank to‘g‘risida).
· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.
· Ishga qabul qilish tartibi bilan https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qi-7460 havolasi orqali,
· savollar ro‘yxati bilan esa https://adliya.uz/inner-page/adliya-organ-va-muassasalariga-ishga-qabul-qilish- havolasi orqali tanishishingiz mumkin.
· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.