Янгиликлар
Andijonda Ichki ishlar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida o'quv mashg'uloti o'tkazildi.
Joriy yil 7 aprel kuni Andijon shahridagi viloyat ichki ishlar boshqarmasiga qarashli 3-son hibsxonasida hibsxona shaxsiy tarkibining huquqiy bilim saviyasi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan o'quv seminar mashg'uloti o'tkazildi.
Oʻtkazilgan mashgʻulot davomida tadbir ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-670-son va “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish vaqoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi O‘RQ-675-son Qonunlari bilan qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati koʻrgazmali tarqatma materiallar tarqatilgan holda tushuntirildi.
Xususan, tadbirda Prezidentlikka va deputatlikka saylovlar vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabrning uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkazilishi, Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tuzilmasligi yuzasidan batafsil ma'lumotlar hamda Jinoyat protsessual kodeksiga kiritilgan qoʻshimchalar: koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv va aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv institutlari joriy qilinganligi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi