Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Andijonda davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy bilimlari oshirilmoqda.



Maʼlumki, Andijon viloyat adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan muntazam ravishda davlat tashkilotlarida huquqiy maslahat kurslari tashkil qilib kelinmoqda. Navbatdagi huquqiy maslahat kurslari 2021-yil 14-15 aprel kunlari viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat Suv xoʻjaligi va Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida hamda adliya boʻlimlari tomonidan tumanlardagi suv xoʻjaligi boʻlimlarida tashkil qilindi.

Tadbirlarda adliya organlari xodimlari tomonidan yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5041-son qarori mazmun-mohiyatlari yetkazildi hamda ishtirokchilarining tadbirkorlik, nodavlat notijorat tashkilotlar, bank-kredit va boshqa sohaga oid savollariga atroflicha javob berildi.

Shuningdek, huquqiy maslahat kursining ikkinchi qismida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Inson huquqlari bilan bogʻliq qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati, odam savdosi va majburiy mehnat uchun javobgarlik masalalari, xodimning mehnat huquqlari va majburiyatlari, ish vaqti, dam olish vaqti, mehnatga haq toʻlash, qoʻshimcha kafolat va imtiyozlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga oid qonunchilik hamda boshqa shu kabi masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar, maslahatlar berildi.

Tadbirlar soʻngida davlat tashkiloti xodimlariga Korrupsiyaga nol toqat immunitetini singdirish, bu illat uchun muqarrar javobgarlik mavjudliligi, Korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlarning huquq va majburiyatlari, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilinishi haqida taʼkidlab oʻtildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi