Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Andijon viloyatida tadbirkorlar va hunarmandlar ishtrokida "Tovar belgilari ahamiyati va ularni rivojlantirish istiqbollari" mavzusida uchrashuv o'tkazildi.


Joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyat hududiy boshqarmasi binosi majlislar zalida O‘zbekiston va xalqaro miqyosda tan olingan milliy brendlar egalari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yangi tashkil etayotgan fuqarolar va yosh tadbirkorlar uchun o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalligi bo‘yicha master-klasslar o‘tkazildi.

Uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktor o‘rinbosari B.Sagdullayev va bo‘lim boshlig‘i S.Abdullayevlar tashrif buyurib, ishtirokchilarga ushbu mavzuda master-klass o‘tib berishdi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yangi tashkil etayotgan fuqarolar va yosh tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi "Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4965-son qarorining mazmun-mohiyati hamda tadbirkorlar uchun o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi.


Andijon viloyat adliya boshqarmasi

Shuningdek, tadbir davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan  savollariga  ham  to‘liq javob olishdi. Ushbu master-klasslar qizg‘in savol javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.