Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlar faoliyatidagi mavjud muammolar bo‘yicha yagona amaliyotni joriy etish yuzasidan o‘quv-seminari tashkil etildi.


Joriy yilning 6 noyabr kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi binosida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Karimov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5168-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan yuridik xizmat ko‘rsatish markaz xodimlariga o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar mashg‘uloti davomida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan barcha markaz raxbarlari va xodimlariga bilishi hamda faoliyati davomida og‘ishmay amal qilishi lozim bo‘lgan Adliya vazirining buyruqlari, ko‘rsatma va topshiriqlari bilan tanishtirib, mazkur hujjatlar bo‘yicha to‘liq tushuntirishlar berib o‘tdi.



Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan markazlarning bugungi kungacha bo‘lgan faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar, yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z taklif va topshiriqlarini berib o‘tdi.



Bundan tashqari, huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan xodimlarga beriladigan yillik mehnat ta’tili muddatlarini hisoblash tartibi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2021 yildagi “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi PF-6122-sonli Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Xususan, budjet tashkilotlarida ushbu Farmonda belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini ikki ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanishi tartibi, xodimlarga beriladigan homiladorlik va tug‘ish ta’tili, ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til, bola parvarishlash uchun beriladigan ta’tillar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.


O‘quv-amaliy seminarga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh yuristkonsulti M.Ramazonov taklif etilib, tibbiyot sohasidagi mavjud muammolar jumladan, qabul qilinayotgan buyruqlar, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarni rasmiylashtirishda mehnat va fuqarolik qonunchiligiga rioya etmaslik holatlari, ularni bartaraf etish uchun yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bilan doimiy ravishda hamkorlik olib borishga, bu borada viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan har qanday ko‘mak berilishiga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari faoliyatida uchrayotgan muammolari bo‘yicha savollariga mas’ullardan atroflicha javob oldilar va ularga kelgusi ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.