Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Viloyat adliya boshqarmasi hamda nodavlat notijorat tashkilot "Hamroh" bilan hamkorlik tadbirlari o'tkazilmoqda


Joriy yilning 9 noyabr kuni Andijon shahridagi Barkamol avlod bolalar maktabi binosida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “#Yoshstan-mahalliy qarorlarni qabul qilishda yoshlarning rolini oshirish” loyihasi doirasida rejalashtirilgan tadbir bo'lib o'tdi.



Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, ''Hamroh" nodavlat notijorat tashkiloti, Search for common ground xalqaro tashkilotining Markaziy Osiyo loyihalari direktori hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etdi.


  Mazkur loyiha Hamroh nodavlat notijorat tashkiloti va Umumiy manfaatlarni izlab Xalqaro nodavlat tashkiloti (SEARCH FOR COMMON GROUND) hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 144 069 yevroni tashkil etadi.



Ushbu loyiha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan bo'lib, loyihaning tadbiq etilishidan maqsad: yoshlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, yoshlarda liderlik va tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish, yoshlar va boshqaruv idoralari o‘rtasidagi hamkorlik hamda hamjihatlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularda tadbirkorlik faoliyatlarini shakllantirishdan iborat.


Shuningdek, olingan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish maqsadida yoshlar tomonidan taklif etiladigan kichik loyiha ishlarini (minigrantlarni) moliyalashtirish ham ko‘zda tutilgan.  Loyihaning maqsadli guruhi sifatida Andijon viloyati Asaka tumanining 7 ta mahallasi tanlab olingan. Bular - Fayziobod, Abu Ali Ibn Sino, Qadim, Navoiy, Kujgan va Saidobod mahallalaridir.



Ushbu tadbirda loyiha doirasida ishtirok etgan yoshlar o'zlarining, erishgan yutuqlari va kelajakdagi rejalari to'g'risida batafsil chiqishlar bilan ishtirok etdi.