Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Tashkilotlarda mavjud huquqiy muammolarga yechim topishda xodimlar bilan bevosita uchrashib, amaliy yordam berildi


Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 20.10.2021 yildagi 331 um-sonli buyrug‘ini joylarda ijrosini ta’minlash maqsadida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Karimov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘ining ishtirokida Bo‘ston tumanidagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan xizmat ko‘rsatib kelayotgan tumandagi 11 tashkilotning mas’ul xodimlari bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan huquqiy muammolarga echim topish hamda ularga huquqiy tushuntirishlar berish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tashkilotlar tomonidan "E-huquqshunos" elektron dasturidan foydalanishda, shuningdek mehnat qonunchiligini qo‘llash jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan hato va kamchiliklar tushuntirilib, ularga ushbu xato-kamchiliklarni bartaraf etish uchun huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ham to‘liq javob olishdi. Targ‘ibot tadbirlari qizg‘in savol javoblarga boy tarzda olib borildi.

Ushbu uchrashuvdan keyin tashkilotlarning mas’ul xodimlariga "E-huquqshunos" elektron dasturidan foydalanish va ularga xar bir yuborilayotgan xujjatlarga qanday xujjatlarni ilova qilishlari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.

Bo‘ston tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan tashkilortlarga amaliy yordam hamda huquqiy tushuntirish ishlari davom etmoqda.