Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Andijon viloyat adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi.


Joriy yilning 10 noyabr kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi. Yuridik texnikum talabalariga adliya organlarining vazifalari, funksiyalari hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarga yuridik yordam koʻrsatish borasidagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirib otildi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan o‘tkazish, kelib tushgan hujjatlarni kirim qilish va nodavlat notijorat tashkilotlarini royxatdan otkazish tartiblari hamda adliya boshqarmasi tarixi va faxriylari haqida atroflicha malumotlar berildi.

Bundan tashqari, adliya organlari va muassasalarining "av.ijro.uz", "E-huquqshunos", "E-qaror", "Yuristnew" kabi elektron tizimlari bo‘yicha huquqiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Yuridik texnikum talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga boshqarma xodimlaridan atroflicha javob oldilar.