Янгиликлар
“E-qaror” elektron tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi
Joriy yilning 13-noyabr kuni Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyat hududiy boshqarmasining majlislar zalida boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Karimovning rahbarligida “E-qaror” elektron tizimidan foydalanish, tizimda yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarga viloyat, tuman (shahar) adliya bo‘lim boshliqlari, viloyat hokimligining yuridik xizmat boshlig‘i B.Jabborov umumiy bo‘lim boshlig‘i B.Ergashxo‘jayevlar shuningdek, barcha tuman (shahar) hokimliklarining yuridik xizmat xodimlari va umumiy bo‘lim mudirlari ishtirok etdilar.
O‘tkazilgan seminar davomida boshqarma masʼul xodimlari A.Hasanov vа A.Rahmonovlаr tomonidan ko‘rgazmali prezentatsiya orqali mahalliy davlat hokimiyati organlari masʼul xodimlari tomonidan “E-qaror” elektron tizimi ishga tushgandan buyon ishlab chiqilgan, kelishilgan, qabul qilingan va eʼlon qilingan qarorlarda yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar hamda ularni kelgusida bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.
Boshqarmaning huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘lim boshlig‘i M.Ahmatohunov tomonidan hokimliklarning yuridik xizmat xodimlari
“E-qaror” elektron tizimidan foydalanishda alohida masʼuliyat bilan yondashish kerakligi, ishlab chiqilayotgan har bir qaror va farmoyish loyihalari qonunchilikka asosan yuridik ekspertizadan o‘tkazilishi va tegishli xulosa berilishi lozimligi, qonunchilikka zid bo‘lgan qaror va farmoyishlarni qabul qilinishini oldini olish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berib, “E-qaror” elektron tizimidan foydalanish tartiblariga va yangi imkoniyatlariga to‘liq to‘xtalib o‘tdi.
Seminar ishtirokchilari faoliyatida uchrayotgan muammolari bo‘yicha savollariga mas’ullardan atroflicha javob oldilar va ularga kelgusi ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.