Янгиликлар
Adliyа bo‘limining taqdimnomasini bajarmagan mansabdor shaxs jazolandi
Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq taʼlimi bo‘limida Prezident Farmon, qaror farmoyish va topshiriqlari ijrosi o‘rganildi. O‘rganishda bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlanib, tuman xalq taʼlimi bo‘limiga bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilgan.
Biroq ushbu taqdimnoma bir oylik muddatda bajarilishi majburiy bo‘lganiga qaramasdan, bajarish muddati sababsiz o‘tkazib yuborilgan. Shu sababli sobiq xalq taʼlimi bo‘limi boshlig‘i M.I.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1984-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudiga yuborilgan.
Shunga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka tuman sudning 2021 yil 11 noyabrdagi sud majlisida huquqbuzar M.I. aybdor deb topilib, unga nisbatan 540.000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Shuningdek, tuman adliya bo‘limi tomonidan mazkur tuman xalq taʼlimi bo‘limida o‘tkazilgan o‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan sobiq xalq taʼlimi bo‘limi boshlig‘i M.I.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasiga asosan 1.350.000 so‘m miqdorida, 51-moddasiga asosan (majburiy mehnat) 13.500.000 so‘m miqdorida jarima jazosi qo‘lanilgan hamda Asaka tuman prokuraturasi tomonidan tuman xalq taʼlimi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan 032243/2021-9-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
http://hudud24.uz/adliya-bolimining-taqdimnomasini-bajarmagan-mansabdor-shaxs-jazolandi/