Янгиликлар
Baliqchida "Gender tenglik" yo‘nalishi bo‘yicha kengaytirilgan seminar o‘tkazildi...
Maʼlumki, BMT Bosh assambliyasi tomonidan eʼlon qilingan "25-noyabr - Xotin-qizlarga nisbatan kamsitilishlarga barham berish xalqaro kuni" munosabati bilan "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” nomli aksiyasi doirasida joylarda turli xil tadbirlar tashkillashtirlmoqda.
Bugun, yuqoridagi kabi tadbir Baliqchi tumanida kengaytirilgan seminar shaklida tuman hokimligi, adliya, ichki ishlar hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tomionidan tashkil qilinib, tadbirga tumandagi barcha mahallalarning xodimlari, faollari va profilaktika inspektorlari jalb qilindilar:
Seminar davomida so‘zga chiqqan Baliqchi tuman adliya bo‘limi boshlig‘i tomonidan qatnashchilarga "Gender tenglikni taʼminlashga va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar" mavzusida maʼruza qilinib, yo‘nalish bo‘yicha quyidagi va yangi qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-son qarori;
2. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni;
3. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni;
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 martdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 192-son qarori.
Shuningdek, seminar davomida mahalla faollari tomonidan muammo bo‘lib kelayotgan holatlar bo‘yicha berilgan savollarga huquqiy asoslangan javoblar berildi va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.