Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda.


Joriy yilning 30 noyabr kuni Marhamat tuman adliya bo‘limi, tuman yuridik xizmat koʻrsatish markazi, viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi va tuman IIB xodimlari tomonidan viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasining Marhamat tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘RQ-419 - sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-6257 - sonli Farmoni, 2021-yil 6-iyuldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5177 - sonli qarori hamda 2020-yil 29-iyundagi “O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF-6013-son Farmonining mazmun-mohiyati va korrupsiyaga oid huqubuzarliklar toʻgʻrisida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish, manfaatlar toʻqnashuvi, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlarining vakolatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.