Янгиликлар
KORRUPSIYA-TARAQQIYOTGA TAHDID
Bo‘ston tumani adliya bo'limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hodimlari tomonidan "9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan 01.12.2021 yil kuni Bo‘ston tuman Mudofaa bo'limi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi Bo‘ston tuman yong'inga qarshi kurashish bo'limi va tuman SEO va JSX bo'limi hodimlari o'rtasida korrupsiya - taraqqiyotga tahdid nomi bilan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil qilindi. Mazkur targ'ibot jarayonida, hodimlariga:
Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Korrupsiya jamiyat kushandasi, bu illat haqida davlatimiz rahbari deyarli har bir chiqishida qarshi kurashish lozimligi xaqida takidlab oʻtadi.
Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar bir qator faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko‘rsatganlar.
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan Shvetsiya, Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin egallaydi. Shu sababli bizning mamlakatimizda xam korrupsiyaga qarshi kurashishda ushbu davlatlarning tajribalaridan foydalanishimiz mumkinligi takidlab o'tildi.
Shuningdek tadbir jarayonida hodimlari tomonidan berilgan savollarga yuridik markaz hodimlari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.