Янгиликлар
Dadaxonov Murodillo Muxammadilloyevich Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlandi.
8 dekabr–Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bayrami munosabati bilan samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda qoʻshayotgan hissasi uchun Adliya vazirining 2021-yil
3-dekabrdagi 786-sht-son buyrug‘i bilan Bo‘ston tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Dadaxonov Murodillo Muxammadilloyevich Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Faxriy yorligʻi” bilan taqdirlandi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Dadaxonov Murodillo Muxammadilloyevichni ushbu e'tirof bilan samimiy muborakbod etadi va uning kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.