Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Andijon viloyat adliya boshqarmasi xodimi “Adliya a'lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonunchilikni  mustahkamlash  ishida  oʻzini  koʻrsatib, mehnat  faoliyati  davomida  yuqori  natijalarga  erishgan  hamda huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda munosib  hissa  qoʻshib  kelayotganligi  uchun adliya organlari xodimlarini Adliya  vazirligining  “Adliya  a'lochisi”  koʻkrak nishoni bilan rag‘batlantirib kelmoqda. 

Adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi  767-sht-son buyrugʻi bilan Andijon  shahar  adliya boʻlimi boshligʻi Gafurov  Ozodbek  Azimdjanovich “Adliya  aʼlochisi”  koʻkrak  nishoni  bilan  taqdirlandi. 

Andijon viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Gafurov  Ozodbek  Azimdjanovichni ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi va uning kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.