Янгиликлар
07
Konstitutsiya va yoshlar
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi oldidan Andijon viloyatida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Andijon shahridagi 8-umumta’lim maktabida ham sana munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamda viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida “Konstitutsiya va yoshlar” mavzusida muloqot tashkil etildi. Tadbirda huquqshunoslar tomonidan o‘quvchilarga Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayoti va inson kamolotidagi ahamiyati haqida keng tushuncha va ma’lumotlar berildi.
Yoshlarning huquqiy va Konstitutsiyaga oid bilimini boyitishga qaratilgan mazkur tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va kitoblar taqdim etildi.