Янгиликлар
G‘URURIMSAN, FAXRIMSAN - MENING MADHIYAM!
Joriy yilning 10-dekabr kuni Adliya boshqarmasi tomonidan Andijon davlat universitetida “Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Qonunda belgilanganidek, madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi hisoblanadi, unga zo‘r ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.
Oʻtkazilgan mazkur tadbir ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, unda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga toʻliq javob oldilar.