Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Voyaga yetmaganlarning yo‘l transport xodisalari qurboni bo‘lishi oshib bormoqda…




Hozirgi rivojlanish davri, transport yo‘llari oldingi yillarga nisbatan ancha yaxshilangan vaqtda yo‘l transport hodisalarining ko‘payishi ayniqsa bu ko‘rsatgichlar bolalar ishtirokidagi YTHlarning o‘sishi anchayin dilni hira qiladigan xolat. Keling statistikaga murojaat qilaylik, 2020 yilga nisbatan 2021 yilda fuqarolar tan jarohati olgan va vafot  etgan YTXlar jami 930 taga ya’ni 36,6% ga oshganligi, 2021 yil 10 oyi va 2019 yil davomida bolalar ishtirokida sodir etilgan YTX o‘zaro taqqoslanganda 2019 yilda 1008 tani tashkil etishi, 2021 yilda esa bu ko‘rsatgichlar 1268 tani tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 260 ga oshganligini, 2021 yil hali yakunlanmaganligi bu esa ko‘rsatkichlar  yana ham ko‘payishi ehtimoli borligi bizni havotirga soladi.

Bularning sabablariga to‘xtaladigan bo‘lsak, barcha birdek haydovchilarning tezlikni oshirishlarini, mashinani boshqarish davomida uyali aloqa vositalaridan foylanishlarini, yo‘l qoidalarini qo‘pol ravishda buzishlarini ta’kishlashadi. Lekin YTXlarning oshishiga yuqoridagi omillardan boshqa omillar ham sabab bo‘layotganligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz. Ha, aynan bolalarning yo‘l qoidalari, yo‘lda harakatlanish qoidalarini bilmasliklari, ularning bular haqida tushunchaga ega emasligi haqida gap ketmoqda.

Aksar yo‘l transport hodisalari piyodalar o‘tish maydonchasida bo‘layotganligi hamda bolalarning ularni kesib to‘g‘ri kesib o‘tishni bilmasliklari sabab bo‘lyapdi. Bolalarning yo‘l qoidalari bilmasliklarining sabablari nimada, nega ularning bu bo‘yicha huquqiy ongi yaxshi rivojlanmaganligi sabablariga to‘xtalib o‘tsak:

  1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining boshlang‘ich sinflarida haq to‘lanadigan yo‘l xarakatlari qoidalari darslari yetarli darajada tashkil etilmasligi;
  2. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari kutubxonalarida yo‘l harakati qoidalariga oid huquqiy adabiyotlarning yetarli darajada emasligi, shu bilan birga yangilanmaganligi. Bu o‘z navbatida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ushbu yo‘nalishda yetarli darajada bilimlarga ega bo’lish imkoniyatini ta’minlamayotganligi;
  3. MTMlarda yosh bolalarga yo’l harakati qopidalarini to’liq tushuntirib berilmaganligi, mazkur yo’nalishda bolaning yoshidan kelib chiqqan holda ineraktiv dars o’tish metodlarini yanada takomillashtirish zaruriyatining mavjudligi.

Yosh avlodlarimizni yo‘l harakati xodisalarining qurboni bo‘lishining oldini olish uchun barcha birdek ma’sulligini hisobga olgan holda nafaqat maktab o‘qituvchilari balki o‘quvchilar hamda ularning ota-onalariga yo‘l qoidalari va ularga amal qilish madaniyatini uqtirishimiz zarur.