Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Brendingiz davlat himoyasida” mavzusida seminar tashkil etildi.


Andijon viloyati Intellektual mulk himoyasi va Xo‘jaobod tuman adliya bo‘limi hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudi, tumanlararo iqtisodiy sud, davlat xizmatlari markazi va Xo‘jaobod tumani Bosh Vazir qabulxonasi bilan hamkorlikda "BRENDINGIZ DAVLAT HIMOYASIDA" mavzusida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.



Uchrashuv davomida ishtirokchilarga Intellektual mulk sohasida huquqiy munosabatlarning ahamiyati, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning muomalasiga qarshi kurashish tizimi hamda intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi tizimli va samarali kurashish yuzasidan tushuntirishlar berildi.



Shuningdek ishtirokchilarga Intellektual mulk sohasida yuzaga kelayotgan nizolarni ko‘rish yuzasidan sud amaliyoti hamda huquqlari buzilgan taqdirda murojaat etish tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan berilgan javoblar orqali ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.