Янгиликлар
ANDIJON SHAHAR “ISLOMOBOD” MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INIDA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI
Xozirda, inson manfaatlarini taʼminlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg‘u berilmoqda. Shu kabi qabullarning navbatdagisi Andijon shahar “Islomobod” MFY hududida o‘tkazildi.
Hususan, Andijon shahar adliya bo‘limining 2021 yil 2-yarim yilligi uchun mo‘ljallangan mahalla fuqarolari yig‘inlarida fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkaziladigan sayyor qabullar rejasiga asosan, joriy yilning 16 dekabr kuni Andijon shahridagi “Islomobod” mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan 12 nafar fuqarolarning muammolari va ularni qiynab kelayotgan masalalari tinglanib, shundan 6 nafar fuqaroning murojaatlari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ijroga qabul qilindi. Qolgan 6 nafar fuqarolarning savollariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qabul davomida ushbu mahallada "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan suxbatlashilib, ularga huquqiy masalalarda yordam ko‘rsatildi. “Mahallabay” ishlash tizimini sifatli va samarali tashkil qilish; odamlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish; oilaviy nizolarning oldini olish, bu borada keksalarning ijtimoiy faolligini oshirish kabi masalalar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.