Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

O‘tkazilgan tanlov natijalari yuzasidan ma’lumot


Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlaridagi bo‘sh (vakant) lavozimlariga tanlov e’lon qilingan. Tanlovga tuman (shahar) adliya bo‘limlariga 6 nafar, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga 21 nafar nomzodlar tomonidan hujjatlar topshirilib, 2021-yil 21-dekabr kuni o‘tkazilgan tanlovning suhbat bosqichida ishtirok etgan nomzodlarning 5 nafari: ulardan 1 nafari tuman (shahar) adliya bo‘limiga, 4 nafari yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga suhbat natijalariga ko‘ra to‘planishi mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 56 foizidan yuqorisini to‘plaganliklari sababli Andijon viloyat adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya bo‘limlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlaridagi bo‘sh (vakant) lavozimlarga tavsiya qilinishdi.