Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

SHONLI TARIX - YORQIN KELAJAK




“Adliya shonli 30 yil” shiori ostida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari hududdagi davlat boshqaruvi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida davom etmoqda.

Yurtimizda huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta'minlash, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

 Ushbu huquqiy mexanizmning davomiyligida adliya organlarining o'rni beqiyos. So'nggi yillarda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta'minlash, ularning yuridik xizmatlarini muvofiqlashtirish, huquqiy axborotni tarqatish, shuningdek, davlat xizmatlari ko'rsatish sifat jihatdan yangilanganini alohida e'tirof etish joiz. Bu orqali jamiyatda yagona huquqni qo'llash amaliyoti shakllanib, fuqarolarning manfaatlari qonuniy himoya etilmoqda.