Янгиликлар
ADLIYANING HAR BIR SOHADA O‘Z O‘RNI BOR
O‘zbekistonda mustaqil Adliya tizimi tashkil topganligiga 30 yil to‘ldi. Mazkur davrda adliya organlari har bir sohada qonunchilikni takomillashtirish va sohaning rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
So‘nggi yillarda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash, ularning yuridik xizmatlarini muvofiqlashtirish, huquqiy axborotni tarqatish, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifat jihatdan yangilanganini alohida e’tirof etish joiz. Bu orqali jamiyatda yagona huquqni qo‘llash amaliyoti shakllanib, fuqarolarning manfaatlari qonuniy himoya etilmoqda.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ham ularning huquqiy takomillashuviga hamda qonun ustuvorligiga o‘z xissasini qo‘shmoqda.
Bugun adliya tizimining shonli 30 yilligini nishonlash arafsida Bo‘ston tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan mazkur huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yana bir tashrif buyurgan holda ularga ko‘p yillik hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi hamda adliya tizimining tashkil topishi, tarixi va bugungi kuni haqida qisqacha maʼlumotlar berib o‘tildi.