Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi” va “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi.


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan anʼanaviy tarzda har yil yakuniga ko‘ra “Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi” va “Yilning eng yaxshi adliya xodimi”ni aniqlashga qaratilgan kasbiy tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 8-yanvar kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi xodimlari o‘rtasida Adliya vazirining 2018-yil 15-oktabrdagi “Adliya organlari xodimlari o‘rtasida kasbiy tanlovlarni o‘tkazishga doir hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 326-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizomlarda belgilangan qoida va mezonlarga rioya qilgan xolda “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” va “Yilning eng yaxshi adliya bo‘limi”ni aniqlash bo‘yicha tanlovning viloyat bosqichi o‘tkazildi.


Tanlov ishtirokchilari o‘zlari tomonidan yil davomida amalga oshirgan ishlari, xususan, kelib tushgan murojaatlar, ularning qanoatlantirilganligi, murojaatlar bo‘yicha qo‘llanilgan huquqiy taʼsir choralari, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab sudlarga kiritilgan daʼvo arizalari, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlari va ularda aniqlangan qonunbuzilishlar soni, qonunbuzulishlarni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan ta’sir choralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, tuman (shahar) hokimlariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ishlarning samaradorligi hamda normativ-huquqiy xujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi sohasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan tayyorlangan taqdimotlarini namoyish qildilar.

Tanlov yakunida komissiya a’zolari tomonidan tanlov ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ularning huquqiy bilimlari, notiqlik mahoratlari inobatga olingan holda baholanib, tanlov natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan eng yaxshi adliya bo‘limi va eng yaxshi adliya xodimi aniqlanib vazirlikka yuborildi.