Янгиликлар
Uyma-uy yurilgan holda, huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda...
Baliqchi tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan Xalq deputatlari tuman Kengashi bilan hamkorlikda tumanning nisbatan olis hududlaridagi mahallalarda yashovchi fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash hamda bartaraf qilish maqsadida haftaning har shanba kunlari "uyma-uy yurish" tadbirlari amalga oshirilmoqda:
Bugun, tasdiqlangan reja-jadvalga ko‘ra "uyma-uy yurish" tadbiri tumanning eng olis hududi hisoblangan Tulkiobod MFYda o‘tkazilib, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati O.Ismoilov, “Madad” NNT bosh mutaxassisi A.Turobjonov hamda MFY vakillari jalb qilindi:
Maʼlumot uchun: Tulkiobod MFY - 1997 yilda tashkil qilingan, tuman markazidan 30 km uzoqlikda joylashgan, mahallada nogironlar xisobi 28 ta, gaz ballonlar mahallaga 38-45 kun oralig‘ida keltirilmoqda, aholi soni 2917 nafar, xonadon soni 476 ta, oila soni 703 ta, bolalar bog‘chasi 1 ta, 4 ta xususiy bolalar bog‘chalari, 2 ta maktab, chetda ishlayotganlar soni 128 ta, rasmiy ishsizlar soni 38 ta, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar soni 10 ta.
Tadbir davomida MFY hududidagi 20 dan ortiq xonadonlarga kirilgan holda fuqarolarga mavjud muammolari (asosan turar joyga egalik huquqini tiklash, meros, tadbirkorlik imtiyozlari, ajrim, aliment olish-to‘lash, pensiya, fuqarolik va boshqa masalalar) yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi.
3 nafar fuqarolarning murojaatlari kelgusida o‘rganib chiqish uchun yurituvga olindi:
Shu bilan birgalikda, MFY faollari bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida mahalla bo‘yicha ijtimoiy muammolar aniqlanib, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi va tegishli tashkilotlarga ushbu muammolarni o‘rganib chiqilishi yuzasidan hujjatlar tayyorlash rejalashtirildi.