Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Andijonda koronavirusga chalinganlar bilan ishlagan brigadalarning 770 nafar haydovchisiga rag‘batlantirish pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi


Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi avtokorxonasi tomonidan tez tibbiy yordam bo‘limlarida koronavirusga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatuvchi brigadalarda ishlagan 770 nafar haydovchiga to‘lanmayotgan rag‘batlantirish pullarining bir qismi to‘lab berildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.


Viloyat adliya boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Muhammadzokir Mahsudovning ma’lum qilishicha, Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi avtokorxonasining Andijon shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga biriktirilgan, koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan yoki gumon qilingan bemorlarga tez yordam ko‘rsatuvchi brigadalar tarkibida ishlagan bir guruh haydovchilar moddiy rag‘batlantirish pullari to‘lanmayotganidan norozi bo‘lib jamoaviy murojaat qilgan.

O‘rganish jarayonida, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tez tibbiy yordam brigadalari tarkibidi bo‘lgan haydovchilarga 1 million so‘mdan har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lab berilishi belgilangan bo‘lsada, qaror ijrosi ta’minlanmagani aniqlangan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan avtokorxona rahbariyatiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartarf yetish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritilgan. Unga asosan avtokorxona mas’ul xodimlari tomonidan viloyatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlik yoki gumon qilingan bemorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatgan brigadalarda faoliyat yuritgan haydovchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan moddiy rag‘batlantirish pullari hisoblanganda jami qarzdorlik, 1,3 milliard so‘mdan ziyodni tashkil etgan.

Talabnomaga asosan 770 nafar haydovchiga viloyat moliya bosh boshqarmasi tomonidan ajratilgan 700 million so‘m pul mablag‘lari to‘lab berilishi ta’minlangan. Shuningdek, yana ajratilishi kutilayotgan 700 million so‘mdan ortiq mablag‘lar avtokorxona hisob raqamlariga kelib tushishi bilan to‘lab berilishi ma’lum qilingan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.