Янгиликлар
02
Andijon viloyat adliya boshqarmasida “Oyning eng yaxshi xodimi” aniqlandi.
An'anaga ko‘ra, Adliya boshqarmasi jamoasi orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, rag‘batlantirib bormoqda. Boshqarma tizimda 2022-yil yanvar oyining “eng yaxshi xodimi” deya boshqarmaning Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Maxsudov Maxammadzokir Abdulxamid o‘g‘li topildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Maxsudov Maxammadzokir Abdulxamid o‘g‘lini ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi va uning kelgusidagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.