Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

SAYYOR QABULLAR - MUAMMOLAR YECHIMIGA XIZMAT QILMOQDA


Xo‘jaobod tuman adliya bo`limining 2022-yil 1-yarim yilligida MFYlarda sayyor qabullarni tashkil etish va uni o`tkazish yuzasidan tasdiqlangan reja grafigiga asosan joriy yilning 3 fevral kuni bo‘lim tomonidan 1-sektori hududidagi “Beshkaram” MFYda axolining huquqiy savodxonligini oshirish, qabul qilingan qonun hujjatlarini axoli va jamoatchilikka yetkazish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan shaxslarning muammolarini aniqlash va ularga huquqiy maslahatlar berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.


O'tkazilgan sayyor qabul jarayonida dastavval ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 24-sonli “Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati tushuntirilib o'tildi.


Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolarning moddiy yordam va nafaqalar tayinlanishi, yoshga doir pensiyaga chiqish, uy-joy olish tartibi, oilaviy tadbirkorlik, shu jumladan issiqxona tashkil etish tsrtibi, aliment va oila masalalari, O‘zbekiston fuqarolik pasportini olish hamda boshqa masalalar yuzasidan muammolari tinglanib, shundan 4 nafar fuqaroning murojaatlari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ijroga qabul qilindi va 6 nafariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.