Янгиликлар
Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishga birlashaylik
Joriy yilning 8-fevral kuni Andijon harbiy prokuraturasi hamda viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari, 7553-harbiy qism shahsiy tarkibi bilan “Yangi O‘zbekistonni korrupsiyadan holi mamlakatga aylantirishga birlashaylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mazkur davra suhbati davomida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullardan atroflicha javob oldilar.