Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Sayyor qabul orqali fuqarolarning muammolariga yechim topilmoqda.


Joriy yilning 9-fevral kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Karimov tomonidan Andijon tuman "Baht" MFY da yashovchi fuqarolariga sayyor qabul tashkil etildi.

i

Sayyor qabul davomida kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi, kredit olish, imtiyozli uy-joy olish tartibi, guvohnoma olish, vasiyatnoma va meros kabi masalalarda 18 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglanib, 12 nafar fuqaro tomonidan berilgan murojaatlarga qabul joyining o‘zida huquqiy tushuntirish berildi, 6 nafar fuqarolarning murojaatlari O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.


Shuningdek, qabul davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan fuqarolar bilan suxbatlashilib, ularga huquqiy masalalarda yordam ko‘rsatildi. “Mahallabay” ishlash tizimini sifatli va samarali tashkil qilish; odamlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish; oilaviy nizolarning oldini olish, bu borada keksalarning ijtimoiy faolligini oshirish kabi masalalar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.