Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularga berilayotgan kafolat hamda imtiyozlar bo’yicha seminar tashkil etildi.


O’zbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan 2022 yil 3 fevral kuni “Xotin-qizlar huquqlari bo’yicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan huquqiy targ’ibot tadbirlarini tashkil qilish bo’yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularga berilayotgan kafolat hamda imtiyozlar mazmun-mohiyatini tushuntirish bo’yicha seminarlar reja – grafigi asosida Marhamat tuman Moliya bo’limi, G’aznachilik bo’limi va Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi xodimlari ishtirokida o’quv-seminar o’tkazilishi ta’minlandi.

O’tkazilgan seminarda, o’quv dasturida belgilangan mavzular bo’yicha Markaz xodimlari tomonidan Gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish, ayollarning mehnatga oid huquqlari, ularni monomarkazlarda kasbga qayta tayyorlash, ayollarni ijtimoyi himoyalash, oilada ayollar va bolalar huquqlari hamda ularga berilayotgan imtiyozlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruzalar tinglovchilar e’tiboriga yetkazildi. 

SHuningdek, Marhamat tuman Moliya bo’limi va Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi xodimlari bilan olib borilgan o’quv-seminar bo’yicha tayyorlangan ma’lumotlar “telegram”, “facebook” ijtimoiy tarmoqlari sahifalariga joylashtirilishi ta’minlandi.