Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya bo'limiga kelib tushgan murojaat o'z vaqtida ijobiy hal etildi


Bo‘ston tuman adliya bo‘limi tomonidan Bo‘ston tumani, “Pillakor” MFYda yaoshvi fuqaro F.Xo‘jabekova 2022-yil yanvar oyi boshida tumandagi “Pillakor” MFY xodimiga bolalar nafaqasi tayinlanishi so‘rab ariza topshirganligi, biroq tuman BTPJga topshirgan arizasi kelib tushmaganligi hamda bazaga kiritilmaganligidan norozi bo‘lib, mazkur holat yuzasidan amaliy yordam berishlikni so‘rab murojaat qilgan.       



       Murojaatni o‘rganish davomida aniqlanishicha, tumandagi “Pillakor” MFY rais o‘rinbosari X.Raximovaga 08.01.2022-yil kuni bolalar nafaqasi tayinlanishini so‘rab murojaat qilganligi va taqdim etilgan hujjatlari MFY raisi tomonidan tasdiqlanib, joriy yilning 13-yanvar kuni tuman BTPJ bo‘limiga topshirilganligi ma’lum bo‘ldi.



Shuningdek, tuman pensiya jamg‘armasining 07.02.2022-yildagi xatiga ko‘ra, fuqaro F.Xo‘jabekovani yanvar oyida topshirgan arizasi “Ijtimoiy himoya yagona reestr” AT bazasiga kiritilib, arizasi tasdiqdan o‘tganligi hamda joriy yilning fevral oyiga bolalar nafaqasi tayinlandi.