Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

ANDIJON SHAHAR “YOYILMA” MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INIDA SAYYOR QABUL TASHKIL ETILDI.


Xozirda, inson manfaatlarini taʼminlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligiga alohida urg‘u berilmoqda. Shu kabi qabullarning navbatdagisi Andijon shahar “Yoyilma” MFY hududida o‘tkazildi.

Xususan, Andijon shahar adliya bo‘limining 2022-yil 1-yarim yilligi uchun mo‘ljallangan mahalla fuqarolari yig‘inlarida fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkaziladigan sayyor qabullar rejasiga asosan, joriy yilning 11-fevral kuni Andijon shahridagi “Yoyilma” mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.


Sayyor qabulda ishtirok etgan 17 nafardan ortiq fuqarolarning muammolari va ularni qiynab kelayotgan masalalari tinglanib, shundan 8 nafar fuqaroning murojaatlari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, ijroga qabul qilindi. Qolgan 9 nafar fuqarolarning savollariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Masalan, Andijon shahri, 1-Kichik dahasi 29/18-uyda yashovchi fuqaro Sadirova Gulbahor ijtimoiy-himoyaga muhtoj oilalarga imtiyozli uy-joy olish tartibi to‘g‘risidagi og'zaki murojaatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-apreldagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 285-son qarori hamda boshqa normativ hujjatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.


Shuningdek, qabul davomida ushbu mahallada "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan suxbatlashilib, ularga huquqiy masalalarda yordam ko‘rsatildi. “Mahallabay” ishlash tizimini sifatli va samarali tashkil qilish; odamlarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish; oilaviy nizolarning oldini olish, bu borada keksalarning ijtimoiy faolligini oshirish kabi masalalar yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.