Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

"Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" tadbirlari davom etmoqda.


Marhamat tuman adliya boʻlimi, tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi, tuman hokimligi, tuman ichki ishlar bo'limi hamda tuman prokuraturasi hamkorligida joriy yilning 15-fevral kuni Marhamat tuman hokimligi binosida "Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" targʻibot tadbiri tashkil etildi.


Ushbu targ'ibot tadbirida xotin-qizlarni huquqlari, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar hamda 2022 yil 29-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli Farmoni bo'yicha xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida so'z yuritildi.


Shuningdek, tadbir davomida mehnat huquqiy munosabatlarida ayollarga qanday imtiyozlar bor ekanligi yuzasidan mehnat qonunchiligi asosida tushunchalar berildi. Bundan tashqari, tadbir ishtirokchilari so'zga chiqib, o'zlarini qiynayotgan muammoli savollariga javoblar olishdi.