Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

D I Q Q A T E ‘ L O N


Andijon viloyati adliya boshqarmasi quyidagi lavozimlarga ishga taklif etadi:

 

Andijon viloyati adliya boshqarmasi huzurida yangi tashkil etilgan
            Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlaridagi bo‘sh (vakant) lavozimlar:

T/r

Markaz nomi

Markaz boshlig‘i

Bosh

yuriskonsulti

Jami

1

Marhamat tumani

 

1

1

2

Ulug‘nor tuman

 

1

1

3

Xo‘jaobod tuman

 

1

1

 

Faoliyat yo‘nalishi:

·      yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash;

·      davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish;

·      davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;

·      davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlash;

·      davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash.

 

Rasmiy talablar:

·      yurisprudensiya mutaxassisligi oliy ma’lumotga yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomga ega bo‘lish;

·      mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yil ish staji (markaz boshlig‘i lavozimi uchun), muqaddam bevosita faoliyat yo‘nalishida ishlaganlar afzallikga ega bo‘ladi;

·      davlat tilini mukammal bilish hamda xorijiy tillarni (rus va ingliz tillari) mukammal bilish (ustuvorlik beriladi).

 

Mehnat sharoiti va ish haqi:

· barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;

· ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);

· oylik ish haqi lavozimga qarab qo‘shimcha to‘lovlari bilan birga o‘rtacha 4-5 mln. so‘m

· xorijda malaka oshirish va stajirovka o‘tash imkoniyati;

· qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiy ijtimoiy ta’minot paket.

· idoraviy tibbiy xizmat va sog‘lomlashtirish maskanidan foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Murojaat muddati va manzil:

· nomzodlar 2022-yil 12-martga qadar Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytidan ro‘yhatdan o‘tgan holda quyidagi hujjatlarni tizim orqali biriktirishlari so‘raladi.

· shaxsiy varaqasi,

· diplom (diplomdan ko‘chirma)ning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma;

· 3x4 sm o‘lchamdagi rangli fotosurati;

· fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID kartasi nusxasi;

· nomzod bo‘sh (vakant) lavozimlarga tanlov o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan lavozimlarning faqat bittasini tanlashi va tanlangan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish mumkin. Nomzod bir vaqtning o‘zida boshqa e’londa ko‘rsatilgan lavozim bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirishi mumkin.

 

Ma’lumot uchun telefon 74-223-48-93, 94-108-89-88).

· Tanlov Andijon yuridik texnikumi binosida o‘tkaziladi (manzil: Andijon shahri, Do‘stlik ko‘chasi, 2-uy).

· Tanlov jarayonlarini https://www.minjust.uz sayti orqali onlayn tarzda kuzatish imkoniyati mavjud.

· Ishga qabul qilish tartibi bilan https://andijon.adliya.uz/uz/ob-upravlenii/vacancy/jobs.php?ELEMENT_ID=43869   havolasi orqali, savollar ro‘yxati bilan esa https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/hiring_order/?ELEMENT_ID=102337 havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

· Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga yoki @antikorbot telegram kanali orqali berishingiz mumkin.